Ko‘p so‘raladigan savollar

Ha, kurslar bozor talabiga qarab yangilab boriladi. Barcha foydalanuvchilar platformada paydo bo‘lgan hamma yangiliklarga birdek ega bo‘ladilar.

Bitiruvchilarimiz haqidagi ma’lumotlar hamkorimiz TechJobs kompaniyasiga taqdim etiladi, u o‘z navbatida ish topishda ko‘maklashadi, ammo natija qanday bo‘lishi o‘zingizga bog‘liq.

Ha, kursni muvaffaqiyatli yakunlaganingizni tasdiqlovchi elektron sertifikat beriladi.

Kurslarni sotib olish uchun siz PayMe yoki Click to‘lov tizimlaridan foydalanishingiz mumkin.

Sotib olingan kurslardan 1 yil (366 kun) davomida istalgan vaqtda foydalanishingiz mumkin.

Yo‘q. Barcha materiallar “Najot Ta'lim” intellektual mulki hisoblanadi va ularni nusxalash va tarqatish qat’iyan man etiladi.

Bitta profildan faqat bir kishi va bitta qurilma orqali foydalanish huquqiga ega. Bunday yechim intellektual mulk xavfsizligini ta’minlash maqsadida amalga oshirilgan.

Platforma kompyuter (yoki noutbuk) orqali ishlatilishga mo‘ljallangan va platformadan Google Chrome yoki Mozilla Firefox brauzerlari orqali foydalanish tavsiya etiladi.

Foydalanuvchiga qulay bo‘lishi uchun ro‘yxatdan o‘tish va shaxsiy profilga kirish jarayonlari to‘liq telefon raqami va unga keluvchi SMS-xabar orqali amalga oshiriladi. Bu degani, sizda kalit so‘z o‘ylab topish va uni eslab qolish zarurati bo‘lmaydi.

Ha, kurs yakunida berilgan sertifikatni yuklab olish imkoni bo‘ladi. Unga havola shaxsiy profil qismida bo‘ladi.

Sertifikat elektron shaklda — PDF formatida beriladi. Platformada ro‘yxatdan o‘tganingizdan so‘ng ism va familiyangizni kiritib qo‘ysangiz, ular sertifikatda aks etadi. Kurs tugatilishi bilan sertifikat avtomatik ravishda Shaxsiy kabinetingizda paydo bo‘ladi.

Shaxsiy kabinetga kirish uchun aynan ro‘yxatdan o‘tgan paytingizdagi telefon raqamingizni, so‘ng o‘sha raqamga jo‘natilgan SMS-xabardagi kodni kiriting. SMS-xabar kelishi uchun telefon raqamingiz faol bo‘lishi lozim.

Foydalanuvchining internet tezligiga muvofiq videolar sifati avtomat ravishda pasaytirilishi mumkin. Video sifatini sozlash uchun videopleyerning o‘ng past qismidagi uch nuqtani bosing va “video sifati” tugmasidan foydalaning.

Har bir dars ostida “Qaydlar” va “Izohlar” tugmasi bor. Qaydlar orqali siz videoda ko‘rgan qiziqarli ma’lumotlarni o‘zingiz uchun saqlab olishingiz va ularni keyinchalik bir zumda ochib ko‘rishingiz mumkin. “Izohlar” tugmasi esa barcha foydalanuvchilar bilan fikr almashish imkoniyatini beradi.

Agar sizda kurslar bo‘yicha fikr-mulohazalar, taklif va tavsiyalar, shikoyat va murojaatlar bo‘lsa, +99878 888 9 888 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qiling.

Facebook page
Yandex