Kompyuter savodxonligi kursi
Ushbu kurs orqali kompyuterdan foydalanish bo'yicha asosiy bilimlarni olishingiz mumkin.
Sotib olishKurs qanday tartibda oʻtiladi
Yopiq guruh
Siz butun umrlik oʻquvchilar va ustozlardan tashkil topgan yopiq guruhga qoʻshilasiz. Guruhda doimiy savol-javoblar boʻladi va networking qilish imkoniyatiga ega boʻlasiz
Oylik onlayn uchrashuvlar
Yopiq guruhingizda har oy ustozlar va oʻquvchilar bilan ovozli va videochatlar tashkil etiladi, bunda siz barcha savollaringizga javob olasiz.
Videodarslar
Yuqori sifatdagi tayyor yozib olingan videodarslarni istalgan joyda va vaqtda tomosha qilishingiz mumkin.
Vazifalar
Har bir videodars soʻnggiga sizga amaliy vazifalar beriladi. Ularni qilib nazariy bilimlaringizni mustahkamlaysiz va kurs yakunigacha portfoliongizni toʻldirib borasiz.
Platformadan qanday foydalanasiz?
Ushbu qisqa videoni koʻring va platformadan foydalanishni tezda oʻrganing. Edfix – siz oʻylagandan ham osonroq va qulayroq ta’lim platformasi
Kurs mentori
Kurs mundarijasi
Asosiy darslar
1 -Modul: Kompyuter savodxonligi darslari
1 -Mavzu: Kirish
Bepul sinab koʻrish2 -Mavzu: Kompyuter
Bepul sinab koʻrish3 -Mavzu: Brauzerdan samarali foydalanish
4 -Mavzu: Ofis ilovalaridan foydalanish
5 -Mavzu: Telegramdan samarali foydalanish
6 -Mavzu: Foydali saytlar bilan ishlash
7 -Mavzu: Tez kunda
Sertifikat
Oʻqishni tugatganingizdan keyin sizga kursni tugatganingizni tasdiqlovchi maxsus sertifikat beriladi
Kursni oʻrganishni hozirdan boshlang
Boʻlib toʻlashda:
100 000 soʻm
dan 6 oyda
Bir martada:
500 000 soʻm
Vaqt o‘tgandan keyin kursga yangiliklar qo‘shiladimi? Agar qo‘shilsa, ulardan biz foydalana olamizmi?
Ha, kurslar bozor talabiga qarab yangilab boriladi. Barcha foydalanuvchilar platformada paydo bo‘lgan hamma yangiliklarga birdek ega bo‘ladilar.
Kursni tamomlaganlar ish bilan ta’minlanadimi?
Bitiruvchilarimiz haqidagi ma’lumotlar hamkorimiz TechJobs kompaniyasiga taqdim etiladi, u o‘z navbatida ish topishda ko‘maklashadi, ammo natija qanday bo‘lishi o‘zingizga bog‘liq.
Kursni tugatgandan so‘ng sertifikat beriladimi?
Ha, kursni muvaffaqiyatli yakunlaganingizni tasdiqlovchi elektron sertifikat beriladi.
Kurs uchun to‘lovni qanday amalga oshirish mumkin?
Kurslarni sotib olish uchun siz PayMe yoki Click to‘lov tizimlaridan foydalanishingiz mumkin.
Kursni sotib olsam, undan doim foydalana olamanmi?
Sotib olingan kurslardan 1 yil (366 kun) davomida istalgan vaqtda foydalanishingiz mumkin.
Platformadagi videodarslarni yuklab olsam bo‘ladimi?
Yo‘q. Barcha materiallar “Najot Ta'lim” intellektual mulki hisoblanadi va ularni nusxalash va tarqatish qat’iyan man etiladi.
Bitta profildan necha kishi foydalansa bo‘ladi?
Bitta profildan faqat bir kishi va bitta qurilma orqali foydalanish huquqiga ega. Bunday yechim intellektual mulk xavfsizligini ta’minlash maqsadida amalga oshirilgan.
Darslarni telefondan ko‘rsam bo‘ladimi?
Platforma kompyuter (yoki noutbuk) orqali ishlatilishga mo‘ljallangan va platformadan Google Chrome yoki Mozilla Firefox brauzerlari orqali foydalanish tavsiya etiladi.
Saytda qanday qilib ro‘yxatdan o‘tiladi?
Foydalanuvchiga qulay bo‘lishi uchun ro‘yxatdan o‘tish va shaxsiy profilga kirish jarayonlari to‘liq telefon raqami va unga keluvchi SMS-xabar orqali amalga oshiriladi. Bu degani, sizda kalit so‘z o‘ylab topish va uni eslab qolish zarurati bo‘lmaydi.
Sertifikatni yuklab olsam bo‘ladimi?
Ha, kurs yakunida berilgan sertifikatni yuklab olish imkoni bo‘ladi. Unga havola shaxsiy profil qismida bo‘ladi.
Sertifikatni olganimdan so‘ng ismimni yoki sertifikat formatini o‘zgartirib, qayta yuklasam bo‘ladimi?
Sertifikat elektron shaklda — PDF formatida beriladi. Platformada ro‘yxatdan o‘tganingizdan so‘ng ism va familiyangizni kiritib qo‘ysangiz, ular sertifikatda aks etadi. Kurs tugatilishi bilan sertifikat avtomatik ravishda Shaxsiy kabinetingizda paydo bo‘ladi.
Shaxsiy kabinetimga kira olmayapman. Nima qilsam bo‘ladi?
Shaxsiy kabinetga kirish uchun aynan ro‘yxatdan o‘tgan paytingizdagi telefon raqamingizni, so‘ng o‘sha raqamga jo‘natilgan SMS-xabardagi kodni kiriting. SMS-xabar kelishi uchun telefon raqamingiz faol bo‘lishi lozim.
Videodarslar nima uchun xira ko‘rinyapti?
Foydalanuvchining internet tezligiga muvofiq videolar sifati avtomat ravishda pasaytirilishi mumkin. Video sifatini sozlash uchun videopleyerning o‘ng past qismidagi uch nuqtani bosing va “video sifati” tugmasidan foydalaning.
Darslarni o‘zlashtirishni boshladim. Videodarslar ostidagi “Qaydlar” va “Izohlar” tugmalari qanday imkoniyatlar beradi?
Har bir dars ostida “Qaydlar” va “Izohlar” tugmasi bor. Qaydlar orqali siz videoda ko‘rgan qiziqarli ma’lumotlarni o‘zingiz uchun saqlab olishingiz va ularni keyinchalik bir zumda ochib ko‘rishingiz mumkin. “Izohlar” tugmasi esa barcha foydalanuvchilar bilan fikr almashish imkoniyatini beradi.
Kurs bo‘yicha shikoyat va takliflarim bor. Qayerga murojaat qilamiz?
Agar sizda kurslar bo‘yicha fikr-mulohazalar, taklif va tavsiyalar, shikoyat va murojaatlar bo‘lsa, +998 78 888 6888 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qiling.