Foydali
11-mart, 2025
493

SMM ni o'rganish uchun cheklist

Cheklist SMM sohasiga qiziqib lekin qayerdan boshlashni bilmayotgan uchun tayyor roadmap bo'la oladi
blog-image

SMM mutaxassis bo‘lishni xohlaysizmi? Ushbu chek-list siz uchun!

✍️ Muallif: Abduvosiq Abdumalikov - 50 ta ortiq katta va kichik loyihalarni boshqarganlar va 500 dan oshiq insonlarga darsa berganlar SMM kursiga ro'yxatdan o'tish: Darsni boshlash

Bo'limlar:
1. Kirish
2. SMM va internet marketingni o’rganishdagi ketma-ketlik
3. Ko’nikmalarni bepul o’rganish uchun manbalar
4. Ishga joylashish va xizmatni sotish bo’yicha layfhaklar 

Kirish

Avvalo, bu sohani o’rganishni maqsad qilib eng to’g’ri qarorlardan birini qabul qilibsiz. Sababi, SMM va internet xizmatlari mana bir necha yillardan buyon to’xtovsiz rivojlanib kelmoqda. Buning sabablari esa hayotimizda internet va ijtimoiy tarmoqlarning o’rnidir. smartinsights.com va boshqa manbalar keltirgan statistikaga ko’ra bir kun davomida bir necha soatlarimizni ijtimoiy tarmoqlarda o’tkazamiz. Har bir insonning qo’lida zamonaviy smartfon va gadjet bor ekan, u albatta qaysidir tarmoqda aktual foydalanadi. Sababi, oxirgi yangiliklar, ma’lumotlar, xabarlarning barchasi endi internet orqali yoyilmoqda.

Bu sohani o’rganar ekansiz sizdan to’xtovsiz izlanishlar, o’z ustingizda doimiy ishlab borish va xorijiy tillarni o’rganish talab etiladi. Shu sabab, ushbu cheklistdan oqilona foydalanib, ma’lumotlarni qunt bilan o’rganishga, oʻrganganlaringizni mustahkamlash mustaqil izlanishga ham harakat qiling.

Marketing nazariyasi

Marketing - bozorni o’rganish va iste’molchilar ehtiyojlarini qondirish maqsadidagi har bir harakatlar yig’indisidir. F.Kotler Marketing tushunchasi juda keng tushuncha bo’lib, u bizning hayotimizdagi har bir jarayonga singib ketgan. Sotib olgan kiyimlarimiz, bizga qulaylik qilish uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ovqatlarni buyurtma qilishimiz, to’lagan pulimizdan bizga cashback qilib berishlari, kompyuter xonalarga borishimiz, o’ynayotgan o’yinimizdagi kiyimlarning barcha barchasi bizning ehtiyojimiz va qiziqishlarimizni moliyalashtirish ustiga qurilgan. Biz o’z qiziqishlarimiz va ehtiyojlarimizni amalga oshirish uchun pul to’lab boramiz, marketingni asosiy vazifasi esa ushbu qiziqish va ehtiyojni aniqlash va uni mahsulot yoki xizmat orqali qondirish hamda buning evaziga esa foyda olishdir.


Ijtimoiy tarmoqlar

Odamlar Googleni shunchaki qidiruv tizimi, Instagramni esa odamlar bilan tanishish va quvnoq vaqt o’tkazish platformasi deb o’ylashadi. Ammo, ular qayerdan pul ishlashini hech o’ylab ko’rganmisiz? Ko’pchilik: "Ha internetda axir MB sarflaymiz ku" - deb javob beradi. Ammo, biz sotib oladigan internet trafiklarimizni ya’ni GB va MBlarimiz google va boshqa umuman sarflayotgan joylarimizga emas, provayderlarga to’laymiz. Ya’ni Uztelecom, UCELL, Beeline va boshqa boshqa. Ular biz internetni yoqib ma’lumot almashishimiz uchun bizga trafik beradilar, ammo Google va Instagram kabi ilovalar bundan foyda olmaydi. Unda qayerdan?


“Agarda siz mahsulot uchun to’lamayotgan bo’lsangiz, unda siz mahsulotsiz” – “Social dilemma” hujjatli filmidan

Qanchalik qo’rqinchli yoki noodatiy eshitilmasin ammo Google, Instagram va yuqorida ko’rib turganingiz kabi ilovalar bizning vaqtimiz va e’tiborimizni pullashadi. Bu nima degani? Siz har bir soat, daqiqa va soniya ushbu tarmoqlarda kezganingizda reklama beruvchilar tomonidan yoqilgan reklamalar uchun xo’randa bo’lib boraverasiz, yaʼni ularning nishoniga aylanasiz. Ular siz kuzatayotgan ma’lumotlar, bosilayotgan like va kommentariyalaringziga qarab sizga qiziq bo’lgan narsalarni reklama tarzida sizga qo’yib borishadi.

Qaysi tarmoqning auditoriyasi ko’p bo’lsa, demak uning bozordagi qiymati ham shuncha yuqori. Bu degani ular sizning platformada o’tirishingizni o’z mahsulotlari sifatida, reklamani qabul qilib, kuzatuvchi sifatida baholab uni reklama beruvchilarga sotishadi.

Reklama beruvchilar kim desangiz - bu SMM va internet marketing mutaxassislari. Ha shunday, biz odamlarni tarmoqda o’tirganlarida ularning qiziqishlari va xohishlaridan kelib chiqib, ularga turli mahsulotlarni reklama tarzida chiqara olamiz.

 

Instagramdan olingan suratlar

Bu kabi reklamalarni siz avval ham ko’rgansiz. Bu target reklamalari deb nomlanib nishondagi auditoriyaning qiziqishlariga qarab yoqiladi va uni faqat shu reklamaga qiziqqanlargina ko’radi. Bu kabi reklamalarni siz Googleda, o’yinlarda, Yandexda va yana boshqa boshqa tarmoqlarda ko’plab uchratasiz.

SMM va internet marketingni o’rganishdagi ketma ketlik
 Yuqoridagi aytilganlarni hisobga oladigan bo’lsak, bu mahalliy soha emas, bu global soha. Ya’ni faqat siz yashab turgan shahringiz yoki O’zbekistondagina ishlaydigan kasb emas, bu butun jahonda faoliyat olib boriladigan sohadir. Sababi, Google va Facebook kabi ko’plab internet tarmoqlar turli davlatlar tomonidan ishlab chiqilgan. Shu sabab, sohani o’rganish vaqt va mehnat talab etadi. 

1-qadam:
SMM sohasini o’zi nega o’rganayotganingizni aniqlashtirib oling. Siz qanday formatda ishlamoqchisiz?  1-agentliklardami? 2-o’zingiz  biznesingiz uchunmi? 3- frilanserlik tarzida? Agar bular haqida bilmasangiz ushbu 3 ta format haqida o’rganib chiqing. 

2-qadam:
 Marketing asoslari va ijtimoiy tarmoqlar nazariyasini o’zlashtiring. To’g’ri SMMda amaliy vazifalar ko’p, ammo ularni nima uchun va qayerlarda qo’llashni bilmasangiz barchasi bekor. Shu sabab, avval mohiyatni tushunib oling, shunda har bir o’rgangan ko’nikmangizni nima uchun va qayerda, qanday holatda ishlatishni yaxshi tushunib olasiz.

3-qadam:
 Tarmoqlar bilan tanishing va ularda tajribalar qilib ko’ring. Facebook, Instagram, TikTok, Telegram va YouTube bular O’zbekistonda eng ommabop bo’lgan dasturlar. Ularning har birida akkaunt va kanallar ochib, algoritmi, strukturasini o’rganib chiqing. Ularni to’g’ri qadoqlash uslublarini o’zlashtiring.

 4-qadam:
 Auditoriya tahlilini o’rganish. Iste’molchilarni demografik va psixografik tahlil qilishni o’rganishingiz kerak. Ulardagi ko’rsatkichlar va xohishlarni tahlil qilish metodlarini o’zlashtirishing.

5-qadam:
 Raqobatchilar va bozor tahlili. Sizning bozorda bo’lgan raqiblaringiz va bozordagi umumiy holatni tahlil qilishni o’rganing. Ijtimoiy-siyosiy omillar, raqobatchilarning kuchli va kuchsiz taraflari, ularning
 marketing uslublarini o’rganing.

6-qadam:
Kopirayting. Sotuvchi post maqolalar yozishni, to’g’ri va jalb qiluvchi sarlavhalar topishni o’rganing. Maqolalar yozganda AIDA, ACCA kabi sotuv uslublarini o’zlashtiring. 

7-qadam:
 Media kontent. Turli media kontentlari ichidan hech bo’lmasa bittasini tayyorlashni o’rganing. Masalan, fotografiya, mobilografiya yoki grafik dizaynerlik. Media kontent tahrirlashni, ularni ijtimoiy tarmoq algoritmiga mos qilib sozlashni o’zlashtiring.

8-qadam:
 Jalb qilish va offerlar. Odamlarga qiziq bo’luvchi reklama uslublarini, ularni jalb etuvchi qiziqarli metodikalarni, progref ya’ni ularni qizdirish orqali sotuvni amalga oshirish ko’nikmalarini o’zlashtiring.

9-qadam: 
Sotuv voronka va sotuv. SMM menejer iste’molchi bilan to’g’ridan to’g’ri aloqada bo’lmaydi, ammo uni shu aloqagacha olib kelishi kerak bo’ladi. Shu sabab, sotuv voronkasi qanday qurilishi va har bir
 qismda qanday qilib konversiyani oshirib borishni, sotuv offerlari va skriptlarini ishlab chiqishni, negativlar va murojaatlar bilan to’g’ri ishlashni, crosssale va up sale kabi sotuv uslublarini o’rganib chiqing. Bu orqali xizmat va mahsulotlarni ko’rinishi va tarkibiga ham o’zgartirishlar kirita oladigan bo’lasiz.

Masalan: 
Avtomoykani oladigan bo’lsak: To’liq yuvish: 100.000 so’m, balon qoraytirish: 20.000, suxoy tumanka: 50.000 bo’lsa, ushbu narxlardan kelib chiqib mijozga qanday qiziqarli taklif ishlab chiqsa bo’ladi? To’liq yuvish+suxoy tumanga = 160.000 - shunda balon qoraytirishni bepulga amalga oshiramiz. Bu albatta soddaroq misol bo’ldi, ammo odamlarga shu kabi qo’shimchalar va bepul imkoniyatlar juda yoqadi va ular bu imkoniyatni rad etishni xohlashmaydi. Shu kabi uslublarni o’zlashtirishingiz lozim. 

10-qadam: 
Targeting. Sotuvni oshirish uchun reklama yoqishni ham o’rganishingiz kerak bo’ladi. Targetingni o’zlashtirish orqali siz sotuvlarni sezilarli darajada oshira olasiz.

11-qadam: 
PR va influencer marketing. Brendingiz tanilishi va odamlar ishonchini qozonishi uchun PR instrumentlaridan faol foydalanishni o’rganishingiz lozim bo’ladi. 

12-qadam: 
Qo’shimcha instrumentlar. Yuqoridagi ko’nikmalarni o’zlashtirib uni tatbiq qilish uchun ba’zi dasturlarni o’zlashtirish kerak bo’ladi. Xususan, Canva, Google sheets, Trello va boshqalar bular sizga jamoada va mijozlar bilan ishlashingizni osonlashtiradi.

13-qadam: 
Tizimlashtirish va boshqaruv. Ko’nikmalaringiz va ishlaringiz ko’payishi bilan sizda jamoadoshlarga ehtiyoj yoki sheriklar kerak bo’la boshlaydi. Mijozlaringiz ham ko’payishi bilan barcha narsani
 tizimli ravishda boshqarmasangiz, tartibsiz ish grafiki va ishlar sizni orqaga torta boshlaydi, ko’p muammolarga duch kelib, xatolarni o’tkazib yubora boshlaysiz. Buni oldini olish uchun boshqaruv va task, time menejment ko’nikmalarini o’rganish lozim.

 14-qadam: 
Soft ko’nikmalar. Yuqoridagi ko’nikmalarni bilganingiz ularni bilishingizni ham ko’rsatib bera olishingiz kerak. Mijozlar oldida dovdiramasdan va tutuqlarsiz gapirishni, xizmatlaringizni pullashni, kelishuvlar olib borishni, shartnomalar yuritishni o’rganishingiz, katta davralarda o’zingizni mutaxassisdek tuta bilishingiz kerak bo’ladi. 

Yuqoridagi qadamlar orqali, siz bozorda deyarli junior mutaxassis bo’lib yetisha olasiz. Ammo, katta loyihalarda ishlash uchun tajriba kerak bo’ladi. O’rganish jarayonida yangiliklar va muammolar chiqib turishi tabiiy jarayon ularni mustaqil yengib o’tishga va yengilib qolmaslikka harakat qiling. O’zingizni o’zingiz rivojlantiring, behuda vaqt sarflashdan tiyiling. Kuchli mutaxassisingiz va jamoangiz bo’lganda o’yin o’ynash va ko’ngilxushlik uchun ko’p vaqtingiz bo’ladi)

Bepul manbalar: 
Sohani mustaqil o’rganish uchun hech bo’lmasa bitta
 xorijiy tilni bilishingiz kerak bo’ladi, sababi ko’p
 yangiliklar rus yoki ingliz tilida birinchi tarqaladi.

O’zbek tilidagi bepul manbalar: 
1. Najot Ta’lim YouTube kanalida bepul SMM playlisti mavjud. Havola:
Bundan tashqari, bepul ochiq darslar va master klasslar ham bor.

2. Biznes va marketing haqida Mfaktor kanalida ko’plab ma’lumotlar topishingiz mumkin. Havola: 

3. Zamonaviy kasblar bo’yicha World in IT telegram botida ham bepul ko’plab video darsliklar mavjud. Havola:

4. Marketing bo’limi kanalida ham SMM va marketingga oid so’ngi yangiliklar berib boriladi: Havola:

5. Najot Ta’lim loyihasi Edfix telegram kanalida ham SMM yoʻnalishiga oid foydali va qiziqarli ma’lumotlar berib boriladi: Havola: 

Bulardan tashqari YouTube’dan siz minglab bepul bo’lgan videodarsliklarni qo’lga kiritishingiz mumkin. Sizda faqat ta’lim olish qoladi xolos.

Ishga joylashish
 Siz mutaxassis sifatida 3 xil uslubda ishlashingiz mumkin:
 1. Agentliklarda
 2. Bizneslar jamoalarida
 3. Frilanser

O’zbekistondagi SMM va marketing agentliklarini quyidagi link orqali topa olasiz: https://marketing.uz/uz/biznes-uchun/agentliklarreestri/Bizneslar uchun ishga joylashishda esa quyidagi kanallarga e’lon berishingiz yoki e’lonlar orqali ish beruvchilarga murojaat qilishingiz mumkin: https://telegra.ph/Vakansiya-kanllari-07-28

Xizmatni sotish
 Mijoz uchun o’z xizmatingizni sotish jarayonida narx etishni samarali uslubidan foydalaning. Masalan siz unga SMM xizmatini narxi 500$ desangiz u buni qimmat deb o’ylashi mumkin. Unga bu narx qilingan mehnat uchun loyiq narx ekanligini ko’rsatish uchun unga buni tarkibiy qismlarini ko’rsatib bering.

Keyingi sahifada shu jarayonni 500$ misolida ko'rib chiqamiz.


Barchaning o'z narxi, xizmatlari bahosi mavjud. 

 Ish faoliyatingizga omad va rivoj tilaymiz. Rivojlanishdan to’xtamang!

 Ushbu mo'jaz qo'llanmani tayyorlashda jonbozlik ko'rsatgan Abduvosiq Abdumalikovga edfix.uz platformasi nomidan minnatdorchilik bildiramiz.

SMM 0 dan mutaxassislikka kursini oyiga 416 000 so'mdan o'rganishni istasangiz quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'ting: Darsni ko'rish

Savollaringiz bo‘lsa, bizga murojaat qiling.

Barcha savollaringizga javob olasiz