Dasturlash
27-fevral, 2025
409

Dasturlashni 0 dan o'rganish qo'llanmasi

Dasturlashni 0 dan o'rganish qo'llanmasi
blog-image

Dasturlashni 0 Dan O'rganish Cheklist

Agar siz dasturlash sohasiga endi qadam qo'ymoqchi bo'lsangiz yoki o'rganishni allaqachon boshlagan bo'lsangiz, ushbu ma'lumotlar sizga albatta yordam beradi!


Cheklist orqali quyidagilarni bilib olasiz:

  1. Dasturlash o'zi nima?
  2. Dasturlashni o'rganishda qanday muammolar bo'ladi va qanday yondashish kerak?
  3. Dasturlashni 0 dan boshlash uchun qanday ko'nikmalar kerak?
  4. Dasturlash uchun ingliz tili qanchalik kerak?
  5. Dasturchilikka qadam qo'yish ketma-ketligi
  6. O'zbek tilidagi bepul darsliklar ro'yxati

Dasturlash o'zi nima?

Dasturlash – bu katta va murakkab vazifalarni kichik va sodda bo'laklarga ajratib, muammoga yechim topish san'ati.

Masalan, Telegram dasturi:

  • Xabarni bir onda yuborish;
  • Audio va video xabarlar almashish;
  • Guruhlar va kanallarda muloqot qilish;
  • Minimal mablag' sarflash.

Demak, Telegram dasturi insonlarning hayotini osonlashtirish uchun yaratilgan.

Shu kabi muammolarni hal qilish orqali dasturchilar insonlar hayotini yaxshilashga hissa qo'shishadi!


Dasturlashni o'rganishda qanday qiyinchiliklar bor?

1. Kod bilan bog'liq muammolar

Sabablari:

  • Bilim yetishmovchiligi
  • Ma'lumot yetishmovchiligi
  • Hisob-kitob muammosi

Yechim:

  • Ish vaqtini aniq belgilash
  • Keraksiz ma'lumotlarni kamaytirish
  • Dam olish vaqtlaridan unumli foydalanish
  • Yangi bilimlarni yozib borish

2. Masala ishlashdagi muammolar

Sabablari:

  • Bilim yetishmovchiligi
  • Fikr tarqoqligi
  • E'tiborsizlik

Yechim:

  • Qo'shimcha materiallarni o'qish/tinglash/ko'rish
  • Turli tillardagi resurslardan foydalanish
  • Oldingi ishlangan masalalarni qayta ko'rib chiqish

3. Ma'lumotlarni saralash qiyinchiligi

Sabablari:

  • Ingliz tilini bilmaslik
  • Ma'lumot izlash qobiliyatining kuchsizligi
  • Sabrsizlik

Yechim:

  • Informatsion muhitni cheklash
  • Faqat ishonchli resurslardan foydalanish
  • Kitoblardan ma'lumot olish
  • Til o'rganish

4. Maqsadlar aniq emasligi

Agar sizning maqsadingiz faqat pul topish, mashhurlikka erishish yoki erkin ish grafigiga ega bo'lish bo'lsa, uzoq muddatli motivatsiyangiz yo'qolishi mumkin.

Lekin agar asosiy maqsadingiz insonlar hayotini yaxshilash bo'lsa, siz dasturlash sohasida doim rivojlanasiz!


Dasturlashni 0 dan boshlash uchun qanday ko'nikmalar kerak?

  • Problem-solving – muammoni aniqlash, eng yaxshi yechimni tanlash va amalga oshirish.
  • Mantiqiy fikrlash – kod yozishda mustahkam mantiq asoslari kerak.
  • Qat'iyatlilik – muammolarga duch kelganda, ularga taslim bo'lmaslik.
  • "Samarali dangasalik" – muammolarga eng oson va samarali yechim topish.

Dasturchi ingliz tilini bilishi kerakmi?

Ha, kamida o'rta darajada ingliz tilini bilish talab qilinadi, chunki:

  • Dasturlash tillari ingliz tilida yozilgan.
  • Ko'p ma'lumot bazalari va hujjatlar ingliz tilida.
  • Ishga kirish jarayonida ingliz tilini biladigan dasturchilar ustunlikka ega bo'ladi.

Dasturchilikka qadam qo'yish ketma-ketligi

ROADMAP orqali o'z yo'nalishingizni tanlab, aniq qadamlarni ko'rishingiz mumkin.


O'zbek tilidagi bepul darsliklar

YouTube'dagi eng foydali kanallar:

  1. Muhammadjavohir Suratov – FrontLoops, FreeCodeCamp, amaliy darslar.
  2. Zokir Rakhimov – React, JavaScript, HTML, CSS.
  3. Samar Badriddinov – ExpressJS, NextJS, MERN Stack, Angular.
  4. Bexruz Xolmuminov – PostgreSQL, NodeJS, JavaScript.
  5. CodeWithAkbarov – Leetcode, Kotlin.
  6. Ulug'bek Samig'jonov – HTML, CSS, Bootstrap.
  7. Sariq Dev – Python, algoritmlar, Web dasturlash.
  8. Farxod Dadajanov – ASP.NET Core, Go, MongoDB.
  9. Botir Ziyatov – Django, Python, Telegram bot.

Ushbu ma'lumotlar dasturlashni muvaffaqiyatli boshlashingizga yordam beradi! Agar chuqurroq o'rganmoqchi bo'lsangiz, Edfix.uz kurslariga yoziling.

Savollaringiz bo‘lsa, bizga murojaat qiling.

Barcha savollaringizga javob olasiz