Master-klass
19-aprel, 2023
747

«Iwash» va «Carbon technologies» loyihalari asoschilari bilan «Shaxsiy brendni rivojlantirish» mavzusida master-klass tashkil etildi

Otabek Jurayev va Behzodbek Shoyunusovlar bilan master-klass
blog-image

15-aprel — shanba kuni «Najot Ta'lim»ning Chilonzor filialida «Shaxsiy brendni rivojlantirish» mavzusida suhbat bo'lib o'tdi. 


Master-klassda Iwash loyihasi asoschi va rahbari Otabek Juraev va Vip service, Zikr Auto loyihalari asoschisi va rahbari hamda Megamotors, Tashkent Global Forum brendlari ambassadori — Behzodbek Shoyunusovlar mehmon bo'lishdi.

⚡️2 soatdan ortiq vaqt davom etgan uchrashuvda spikerlarimiz shaxsiy brendning ahamiyati, uni to'g'ri rivojlantirish va Instagram reels va stories bilan ishlash kabi mavzularda o'z tajriba va bilimlarini ortoqlashishdi!


😊 Master-klassga tashrif buyurib, mavzu boʻyicha oʻz shaxsiy tajribalarini oʻquvchilar bilan baham koʻrganliklari uchun Otabek Juraev va Behzodbek Shoyunusovlarga «Najot Taʼlim» jamoasi oʻz minnatdorchiligini bildiradi.

Savollaringiz bo‘lsa, bizga murojaat qiling.

Barcha savollaringizga javob olasiz